Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

5.
 
Asosiy kapitalning tarkibi, eskirishi va foydalanish samaradorligi
ko’rsatkichlari 
Tadbirkorlik kapitali tarkibida asosiy kapital, belgilovchi rol o‘ynaydi. 
Uning miqdor va sifat jihatdan o‘sishi, takomillashib borishi ishlab chiqarishning 
yuksak texnika darajasini ta‘minlaydi va shu asosda samaradorligini o‘stiradi. 
Asosiy kapitalning miqdor jihatdan o‘sishi unga qo‘yiladigan investitsiyalar 
hajmiga, sifat jihatdan takomillashishi esa uning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Asosiy kapitalning 
tarmoq tarkibi
ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha 
taqsimlanishi va kapitalning umumiy qiymatida har bir tarmoqning ulushi bilan 
tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab 
chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning 
tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 
Asosiy kapitalning 
turlari bo’yicha tarkibi
ularning umumiy qiymatida, 
har bir turining hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. 
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir 
xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me‘yorda 
borishini ta‘minlab mehnatning umumiy sharoitini tashkil kilib, ishlab chiqarish 
samaradorligiga bilvosita ta‘sir ko‘rsatsa mehnat qurollari (ish mashinalari, 
uskunalar, va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va uning 
samaradorligiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. 
Asosiy kapitalning 
mulkiy tarkibi
, kapitalning umumiy qiymatida har bir 
mulk shaklining ulushi bilan tavsiflanadi. 


224 
Mehnat vositalari 
jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan 
foydalanish jarayonida
va 
harakatsiz turish natijasida
, tabiiy kuchlarning ta‘sirida 
jismoniy eskirish. 
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida 
jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste‘mol qiymatini 
asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta‘sirida 
jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va uning 
yo‘qotilishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish 
natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga 
ma’naviy jihatdan
ham 
eskiradi. Ma‘naviy eskirishning 
ikki xil turi
mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq kiladi. 
Ma‘naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan 
tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida 
ular qiymatining 
pasayishida 
ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan 
almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning 
texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi.
Ma‘naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal va unumli 
mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat 
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular 
yangilari bilan almashtiriladi.
Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizattsiya o‘rtasida mustahkam aloqa 
bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foy-
dalanish vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish 
jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya iste‘mol qilingan mehnat vositalari 
qiymatini jamg‘arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish 
amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir. 
Amortizatsiya va uning normasi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish 
uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi. 
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin 
ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, keyinchalik ularni qayta tiklash 


225 
maqsadlarida mahsulot qiymatining amortizatsiya miqdoriga teng qismini 
jamg’arish jarayonidan iborat.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu 
asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi.
Amortizatsiya 
ajratmalarining bir qismi asosiy kapitalni to‘liq qoplashga (qayta tiklashga), 
ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital remont qilishga) mo‘ljallanadi. 
Amaliyotda yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda: asosiy kapital 
qiymati (Kas), asosiy kapitalning harakat qilish muddati davomida kapital 
ta‘mirlash uchun sarflar (Ts), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan 
mablag‘ (To) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi:
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma‘naviy 
eskirishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot 
tannarxini sun‘iy ravishda oshirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy 
kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa texnika taraqqiyotiga to‘siq 
bo‘ladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin