Tayanch tushunchalar Tadbirkorlik faoliyati – mavjud qonunlar doirasida mulkiy javobgarlik
ostida foyda olish maqsadida taxlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy
faoliyatdir.
Aktsionerlik jamiyati – ishchi kuchi, mehnat qurollari va boshqa ishlab
chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital) larini birlashtirishning o‘ziga xos
shakli.
Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma‘lum
hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish uni
boshqarish, korxona tugatilganda uning mulkiy sheriklik huquqi borligiga
guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aktsiya kursi – qimmatli qog‘ozlar bozorida aktsiyalarning sotiladigan
narxi.
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul
qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lib, uni
jamiyatni ta‘sis etuvchilar o‘zlashtiradi.
Dividend – aktsiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi.
Tadbirkorlik kapitali – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator
doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan
mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini
o‘zgartirmaydi.
229
Aylanma kapital – unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomida
to‘liq iste‘mol qilinadigan o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan
va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.