2. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari. 3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. 1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning turlari Tovarlarni sotish narxlari korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari ularning ishlab chiqarish
va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga
bog‘liq.
Ishlab chiqarish xarajatlari tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha iqtisodiy resurs sarflarini anglatadi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy
va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy
kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va
boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning
puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslarni o‘z re-
surslar yoki jalb qilingan resurslardan iborat bo‘lish xarajatlar ham
ichki va tashqi xarajatlarga bo‘linadi.
Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom ashyo va
materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan er uchun
renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi
xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya
xarajatlari deb ham ataladi.