218
Kapital harakatida
ikkinchi bosqich
ishlab chiqarish (Ich)
jarayoni
hisoblanib, uning natijasi tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar
qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq
bo‘ladi, ya‘ni
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining
ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga
keltirilgan qo‘shilgan qiymat ham mavjud bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda
ishlab chiqarilgan tovarlar sotilib (T‘
P‘), Tovar
pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida
sarflangan mablag‘
yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib
qaytadi.
Shu sababli uni P‘= P+P ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib
olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatida uch bosqichni izchil bosibo’tib,
muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki
shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Tadbirkorlik kapitali doiraviy aylanishining yaxlit ko‘rinishi
quyidagicha
bo‘ladi:
219
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi
bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari
va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish
jarayonida, uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular
kapitalning harakat shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur shart—
sharoitlarni yaratishdan iborat.
Kapital unumli shaklining harakati tovarlar
ishlab chiqarish va xuddi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni
ta’minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar
qiymatining pul shaklida ro’yobga chiqishi sodir bo’ladi va o’sgan qiymatning
pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining
bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda
ham mavjud bo‘lmog‘i lozim.
Tadbirkorlik kapitalining xar uchala funktsional shakli bir vaqtda o‘z doiraviy
aylanishiga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Unumli kapitalning
doiraviy aylanishi:
Tadbirkorlik kapitali
tovar shaklining
doiraviy aylanishi:
220
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga
oshirmasin, ular uchun doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat
ko‘rinishi umumiy.
Dostları ilə paylaş: