215
Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun qatnashchilar o‘zlarining
mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish
vositalari hamda pul
resurslarini birlashtirishlari lozim bo‘ladi.
Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo‘jaligi
va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya
va G‘arbiy Evropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari
sanoat, savdo, sug‘urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning
yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib qoldi.
Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik
munosabatlarning
muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: