2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari Hozir jahonda xo‘jalik yuritish shakllarining turli tumanligiga mos ravishda
tadbirkorlikning davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash shakllari mavjud.
Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligiga, milliy
daromadning 20 foizidan 50 foizigacha ulushi to‘g‘ri keladi. Davlat korxonalari
ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki
katta kapital qo‘yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta
guruhga bo‘lish mumkin:
–byudjet korxonalari;
–davlat ishlab chiqarish korxonalari;
– aralash kompaniyalar;
Byudjet korxonalari huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan
korxonalardir. Ular davlatning ma‘muriy – boshqarish tizimiga kiradi va olgan
foydadan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali
o‘tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng
tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati
bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazi-
falarini ham bajaradi, ya‘ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat
organlari belgilarini mujassamlashtiradi.
Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari
cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalar paketi davlatga taalluqli
bo‘ladi. Shu bilan birga, ular ma‘lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat
tomonidan pul va dotatsiyalar berilishi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan
olish, boshqa davlat korxonalari bilan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat‘iy
214
belgilangan narxlarda o‘zaro yetkazib berish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish
uchun bozor bilan ta‘minlanganlik va shu kabilar.