209
A.Smit o‘z davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni yecha olmagan.
Xususan bizning yashashimiz uchun muhim, demakki nafliligi juda baland bo‘lgan
narsalarning narxi ancha past, aksincha biz uchun unchalik muhim bo‘lmagan,
nafliligi kam bo‘lgan narsalarning narxi esa baland bo‘lishini
tushuntirib bera
olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland ammo narxi past, brilliantning
narxi juda baland lekin nafliligi juda past. Bu paradoksning yechimi shundaki, suv
taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan ancha ko‘p, shuning uchun narxi past.
Brilliantlarni ishlab chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan
talabga nisbatan kam. Shuning uchun uning narxi baland.
Suvning oxirgi
birligining sunggi qo‘shilgan nafliligi juda ham past. Brilliantniki esa baland.
Ammo bu uning umumiy nafliliklari ham shu nisbatda bo‘ladi degani emas.
Aslida, suvning umumiy nafliligi biz uchun juda ham baland, faqatgina uni ko‘p
miqdorda iste‘mol qilganimiz uchungina uning so‘nggi qo‘shilgan
nafliligi
brilliantnikidan pastga tushib ketadi. Brilliantning narxi baland bo‘lganligi sababli
uni kam iste‘mol qilamiz va shuning uchun uning umumiy nafliligi kam
54
.
Bu suv va brilliant paradoksi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: