461
tilgan chora-tadbirlari ko‘proq mehnat unumdorligi va iqtisodiy faoliyat
samaradarligini rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi zarur.
Respublika iqtisodiyotida bandlarning hududiy kesimidagi ulushi ayrim vi-
loyatlar bo‘yicha 2,7% (Sirdaryo viloyati)dan 11,4% (Farg‘ona viloyati)gacha
bo‘lgan darajani tashkil qilgan, ya‘ni bandlikning eng past va yuqori ko‘rsatkichi
o‘rtasidagi farq 4,2 barobardan ko‘proqqa teng bo‘lgan (2016 y.). Sirdaryo va
Farg‘ona viloyatlarining YaIMdagi ulushi (mos ravishda 1,8 va 6,7%)dagi farqlar
ko‘lami ham 3,7 barobardan ko‘proqni tashkil qilgan.
Respublika viloyatlari bo‘yicha band bo‘lganlarning ulushidagi nisbatan
ancha katta farqlarni ular iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi, ixtisoslashuv
yo‘nalishi, tarmoq tuzilishi va unda sanoat hamda qayta ishlovchi sohalarning
ulushi kabi omillar belgilab beradi.
Hozirgi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta‘minlash bo‘yicha
amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi:
1.
Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda
ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘rgatish.
2.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashga e‘tiborni
kuchaytirish.
3.
Ish
bilan
bandlikka
ko‘maklashuvchi
markazlar
faoliyatini
takomillashtirish, bunda eng avvalo, ular tuzilmasini maqbullashtirish.
Dostları ilə paylaş: