Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

EQD=HI/EUD

100 
Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste‘mol bilan taqqoslanadi. U yil 
davomida aholi jon boshiga iste‘mol qilingan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida 
baholanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste‘mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, 
go‘sht, sabzavot, meva; har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan 
tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uy-joy maydoni va 
boshqalar. 
Ehtiyojlarning qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi. 
Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining 
ehtiyojlarining qondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishining 
garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab 
chiqarish zarur bo‘ladi. 
3.
 
Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi.
Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov asosida qabul 
qilishga majbur bo‘ladi. Bunda ulardan to‘liq va samarali foydalanish hamda 
ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borish talabi hisobga olinadi.
Iqtisodiy faoliyatda foydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy tabiiy va inson
resurslar iqtisodiy resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodiy resurslar to‘rtta turga 
ajratadi. 
Yer-
tushunchasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan er va 
barcha tabiiy resurslarni anglatadi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar, mineral va neft 
zahiralari hamda suv resurslari shular jumlasidandir. Ishchi kuchi insonda 
mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar yig‘indisi. Mehnat - esa inson ishchi 
kuchining sarflanish jarayonidir. 


16 
Kapital - 
tushunchasiga iste‘mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda 
foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chiqarish vositalarini 
kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vosi-
talari, etkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Kapital tovarlari 
haridiga sarflarga 
investitsiya
deb qaraladi
1

 
Resurs sifatidagi kapital iste‘mol tovarlaridan farq qiladi. Iste‘mol tovarlari 
inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki kapital resurs tovarlarini 
ishlab chiqarishga jalb etiladi. Resurs sifatidagi ―kapital‖ga jihozlar, texnika va 
boshqa ishlab chiqarish vositalarini anglatadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin