18
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar
vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib
ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy
oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha merkante - savdogar) deb
atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin)
savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band
bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi.
Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim
deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish
hisoblangan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo
rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni
taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan.
Keyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (1571-
1641) hisoblanib, u davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm
kontseptsiyasi asosan protektsionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya‘ni ular
davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan ortiq
bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta‘minlashi zarurligi masalalariga e‘tibor qara-
tadi.
Dostları ilə paylaş: