Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Tayanch tushunchalar 
Tadbirkorlik faoliyati 
– mavjud qonunlar doirasida mulkiy javobgarlik 
ostida foyda olish maqsadida taxlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy 
faoliyatdir. 
Aktsionerlik jamiyati 
– ishchi kuchi, mehnat qurollari va boshqa ishlab 
chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital) larini birlashtirishning o‘ziga xos 
shakli. 
Aktsiya 
– bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma‘lum 
hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish uni
boshqarish, korxona tugatilganda uning mulkiy sheriklik huquqi borligiga 
guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. 
Aktsiya kursi 
– qimmatli qog‘ozlar bozorida aktsiyalarning sotiladigan 
narxi. 
Obligatsiya 
– uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul 
qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz. 
Ta’sischilik foydasi 
– sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga 
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lib, uni 
jamiyatni ta‘sis etuvchilar o‘zlashtiradi. 
Dividend 
– aktsiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi. 
Tadbirkorlik kapitali
– tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari. 
Asosiy kapital 
– ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator 
doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan 
mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini 
o‘zgartirmaydi. 


229 
Aylanma kapital
– unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomida 
to‘liq iste‘mol qilinadigan o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan 
va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin