Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
Bu nazariyada daromadlarni 
ko‘proq jamg‘arib, yetarli darajada iste‘mol qilmaslik iqtisodiyot siklli 
rivojlanishning asosiy sababi qilib ko‘rsatiladi: 
Jamg’arish nazariyasi.
Bu nazariya iqtisodiy tsiklni mehnat vositalari yoki 
kapitallashgan investitsion tovarlarni ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘laydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar domiy ravishda emas, balki 
iste‘molchi daromadi ko‘paygan taqdirda sotib olinadi. Shu sababli, bunday 
tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish talabi esa 
investitsion tovarlarni doimiy ravishda ishlab chiqarishni zarur qilib quyadi. 


345 
Iste‘mol o‘sib borishi bilan investitsion tovarlarga talab ham ortadi. Bunda 
ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya‘ni kundalik va uzoq 
muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari hamda investitsion tovarlarni ishlab 
chiqarish o‘rtasida nisbatlar buziladi. 
Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste‘mol qilmaslik 
inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta‘kidlaydilar. Ya‘ni 
iste‘molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘armaga ajratganlari uchun emas, balki 
to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya‘ni xarid qilish uchun pulning 
yetishmasligidan bunday inqiroz kelib chiqadi. 
Psixologik nazariya.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda 
psixologik nazariyalar ham o‘z o‘rniga ega. Psixologik nazariya tarafdorlari 
(J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xaek va boshqalarni kiritish mumkin.) fikricha
insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob‘ektiv iqtisodiy omillar: 
foiz me‘yori, pul oqimi, foyda va boshqa shu kabilar ta‘sir ko‘rsatib, buning 
natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi. Kredit 
tizimining rivojlanishi talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning ruhiyatini 
ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilarda likvidligi yuqori bo‘lgan pul 
jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari 
mavjudligi ta‘kidlanadi
73
. Iqtisodiy fanda ularni qisqa, o‘rta va uzoq muddatli 
sikllarga ajratish qabul qilingan. Ayni vaqtda, uzoq muddatli sikllar oqimida o‘rta 
va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa bir nechta qisqa muddatli 
sikllar mavjud bo‘ladi. Sikl to‘g‘risidagi nazariyalarda ularning quyidagi turlari
ajratiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin