boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki ho- latiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. 70 Iqtisodiy tsikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi in-
qiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat
sifatida davom etadi.
Iqtisodiy tsikl alohida fazalar o‘rin almashishi orqali amalga oshadi.
Iqtisodiy sikl
inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalarini ichiga oladi.
Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun
sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning
inqiroz fazasi ishlab chiqarish hajmi va boshqa iqtisodiy
faollik ko‘rsatkichlarining pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin
turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta‘minlansada, u inqiroz
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi
to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi.
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga
etadi.
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish da-
rajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi
o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotda bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining
tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga
imkoniyat yaratadi. Yangi tsikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi
ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki,
buning oqibatida iste‘mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi.
70
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 157
342
Alohida iqtisodiy tsikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.