Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


. Iqtisodiyotda muvozanatlik buzilishining  muntazam yoki onda sonda



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2
. Iqtisodiyotda muvozanatlik buzilishining 
muntazam yoki onda sonda 
yuz berishiga ko’ra
davriy, oraliq, tasodifiy inqirozlarga ajratish mumkin. 
Davriy inqirozlar
ma‘lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. 
Oraliq inqirozlar
to‘liq sikl bo‘yicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir 
fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha shiddatli bo‘lmay, qisqa davr davom 
etadi. 
Tasodifiy inqirozlar
biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, 
tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi 
mumkin. 
3. 
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilish tavsifiga ko’ra
: or-
tiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi. To-
varlarni 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
turli naf keltiradigan ne‘matlarning 
ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi, lekin ularning to‘liq sotilmasligida namoyon 
bo‘ladi. 
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi
davrida iqtisodiyotda muvozanat buzilib, 
tovarlar etishmasligi natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday ekan, 
iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki 
taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
4.
 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va 
iqtisodiy faollikka ta’siri. 
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi 
muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va global-
lashuvining kuchayib borishidir. 


353 
Jahon hamjamiyatida yaqin o‘tmishda boshlangan va hozirda ham o‘z o‘rniga 
ega bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aynan shu ma‘noda globallashuv 
jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
 
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz 
etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali 
bo‘lganlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y 
bergan.
Ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobiga 
beriladigan kreditlar bo‘lsa-da, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas 
mulklarga yetarlicha «to‘yingani» oqibatida ularning narxlari keskin tusha 
boshlagan.
Kreditlarning qimmatlashuvi aholining ipoteka kreditiga talabining 
pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining kamayishiga 
olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari narx-
larining o‘sishi aholining kreditni qaytarish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining 
cheklanishiga sabab bo‘ladi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-
ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, benzin narxi esa 3,5 
barobarga oshgan. Neft narxi rekord darajada ko‘tarilgan, ya‘ni bir barreli 147 
dollardan ortdi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini 
qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaygan. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega 
bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida 
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib 
kelgan. 
Ko‘pchilik mutaxassislar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy 
sabablaridan biri rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning haddan ziyod ortiqcha 
erkinlashtirish siyosati ekanligini, ya‘ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini 
ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy 
bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham izohlaydilar.


354 
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri – 
moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning 
keskin buzilishi hisoblanishini qayd qilish lozim. Ma‘lumotlarga ko‘ra, AQShda
muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar 
va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning 
aylanish tezligi ham hisobga olinsa, uning miqdori pulga bo‘lgan talabdan bir 
necha o‘n baravar ko‘payib ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan 
quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishining asosiy 
sabablaridan hisoblanadi: 

noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalash stavkasining 
surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning 
odatga va kundalik holatga aylanishi;

moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari 
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;

qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta 
xulosalar berilishi; 

moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta 
audit xulosalari taqdim etilishi; 

moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki 
miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi; 

yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning vujudga 
kelishi va hokazo.
Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo balansida ijobiy 
qoldiq o‘sayotgan sharoitda ayrim rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet 
taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy 
inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblangan.


355 
Rivojlangan mamlakatlar ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining 
o‘sib borganligi va uning YaIMga nisbatan salmog‘i ortganligi inqiroz 
kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan
Inqiroz boshlangan davrda AQSh va ayrim Mustaqil hamdo‘stlik davlatlari 
tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog‘i ortib borgan. 
Xususan, 2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
salmog‘i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 37% ni, 
Qozog‘istonda 102% ni, Ukrainada 64% ni va Qirg‘izistonda 81% ni tashkil etgan. 
 
2008 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining 20% 
gacha pasayishi jahon yalpi ichki mahsulotining sezilarli kamayishi hamda xalqaro 
savdo hajmining pasayishi kuzatilgan. Bu dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 
ishsizlik darajasining ortishi bilan birga borgan. 
Xalqaro ekspertlarning qayd qilishlaricha, AQSh ipoteka bozorlarida 
boshlangan inqirozning avj olib, uning jahon moliyaviy va keyin iqtisodiy 
inqiroziga aylanib borishining sabablardan biri bu AQShning jahon yalpi ichki 
mahsulotining asosiy iste‘mol qiluvchisi hisoblanganidir. AQShning jahon yalpi 
ichki mahsulotini ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni, uning iste‘moldagi ulushi qa-
riyb 40% ni tashkil qilgan.
AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit 
siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past 
darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin 
o‘sgan.
Natijada bozorda ko‘chmas mulklarga talab ortgan va uy-joy narxlarining 
qisqa muddat ichida keskin o‘sishi kuzatilgan.
Milliy 
bozorlarning 
globallashuvi, 
kapitallar 
xalqaro 
harakatining 
erkinlashtirilishi natijasida AQShda vujudga kelgan inqiroz jahonning asosiy 
moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamla-
katlar iqtisodiyotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatgan. Natijada, rivojlangan mamlakatlar 
YaIMning o‘sish sur‘atlari bu davrda sezilarli darajada pasayib ketgan. 


356 
Jahon moliyaviy inqirozi MDH mamlakatlarini ham chetda qoldirmadi. 
Inqiroz Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston iqtisodiyotida o‘zining jiddiy salbiy 
oqibatlarini namoyon qildi.
Rossiyada asosan iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yurituvchi etakchi 
kompaniyalar aktsiyalarining narxlari keskin tushib ketdi. Bu holat birinchi 
navbatda jahon energetika resurslari bozoridagi nobarqaror kon‘yunkturaning 
vujudga kelishi natijasida sodir bo‘ldi. 
Jahon moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyot 
moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir.
AQSh va Evropa Ittifoqi mamlakatlari o‘zlarining bank tizimlarini 
inqirozdan qutqarish uchun yirik tijorat banklarining aktsiyalarini sotib olib, ularni 
byudjet mablag‘lari hisobiga likvidli aktivlar bilan ta‘minlay boshladi yoki tijorat 
banklari kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanish joriy qilinadi.
Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish 
orqali xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya 
hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aktsiyalariga 37 mlrd. funt sterling 
mablag‘larini investitsiya qilgan. Germaniya hukumati esa, bank tizimini qo‘llab-
quvvatlash uchun investitsiya va kreditlar shaklida 500 mlrd. evro ajratgan. Bu 
davrda Evropaning ko‘pchilik yirik banklari milliylashtirildi, ya‘ni davlat 
tomonidan sotib olindi.
 
Inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan 
tartibga solish usullaridan keng foydalanish yo‘lga quyilgan. Dunyoning ko‘pchilik 
rivojlangan mamlakatlari inqirozni bartaraf qilish uchun yirik miqdorda moliyaviy 
resurslar ajrata boshladi. Jumladan, AQSh hukumati sarflagan mablag‘larining haj-
mi 3539 mlrd. dollar bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25% ni tashkil 
etadi.
O‘zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy 
bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi sababli inqiroz oqibatlarining 
ma‘lum darajada iqtisodiyotimizga o‘z ta‘sirini ko‘rsatishi muqarror bo‘lgan. 


357 
Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan 
chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik 
korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, bizda jahon xomashyo 
bozorlarida talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning 
oqibatida eksport tushumlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlarimiz 
xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi 
orqali namoyon bo‘lgan.
Jahon 
moliyaviy 
inqirozining 
O‘zbekistonga 
ta‘sirining 
jiddiy 
bo‘lmaganligini qo‘yidagi omillar bilan izohlash mumkin: 


Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin