366
sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini
keltirib chiqaradi.
b) Taklif inflyatsiyasi. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib
chiqadigan
inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi
hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda
foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi.
Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi,
xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ham ortib boradi.
Agar ish haqining ortishi mehnat unumdorligining o‘sishidan
yuqori
sur‘atlarda ro‘y bersa, mahsulot birligiga xarajatlar ortib boradi.
Ba‘zan xarajatlar o‘sishi zanjirli reaktsiya tavsifini kasb etadi. Jumladan,
energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va elektr energiya
ta‘riflarini
oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda tarqaladi: telefon xizmatlari
qiymati, transport xizmatlari ta‘rifi, oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish
xarajatlari va boshqa shu kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
II.
Narxlarning o‘sish sur‘atlariga ko‘ra inflyatsiyaning a) me‘yoridagi; b)
o‘rmalab boruvchi v) giperinflyatsiya kabi turlari ajratiladi. Inflyatsiyaning birinchi
turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida,
astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi.
Giperinflyatsiya aholi va hatto jamiyatning yuqori ta‘minlangan
qatlamiga
juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga o‘tadi, milliy xo‘jalik
izdan chiqadi.
Giperinflyatsiya 1970-1980 yillar arafasida Boliviyada yiliga 2400% ga,
1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan.
III.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan
inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiyada
uning oqibatlarini oldindan
bashorat qilib kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada
yumshatish mumkin. Ikkinchisida narxlarning kutilmagan o‘sishi
natijasida
mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.
367
IV.
Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra oshkora va yashirin inflyatsiya
ajratiladi.
Oshkora inflyatsiya narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladi. Yashirin
inflyatsiyada narxlar go‘yoki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha
pul tovar taqchilligida
transformatsiyalashadi.
Dostları ilə paylaş: