Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Inflyatsion kutilish
. Inflyatsion kutilish kishilarning joriy iste‘molidan 
ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar ham tez orada 
xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar yanada qimmatlashishini kutib, 
mahsulotlariga yuqori narxlarni o‘rnatib boradi. Inflyatsion kutilish natijasida joriy 
talabning kengayishi narxlarning yanada o‘sishini rag‘batlantiradi. Bir vaqtda 
jamg‘armalar qisqaradi va kredit resurslar kamayadi, bu ishlab chiqarish 
maqsadidagi investitsiyalar o‘sishini, tovar va xizmatlar taklifini kamaytiradi. Bun-
day iqtisodiy vaziyat yalpi taklif sekin va yalpi talab tez o‘sishi bilan tavsiflanadi. 
Natijasi, narxlarning umumiy o‘sishi ro‘y beradi. 
Inflyatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. 
I.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra inflyatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: 
a) Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining surunkali o‘sishi jami talab ortiq-
chaligi bilan tushuntiriladi. Bu iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsuloti-
ning real hajmini ko‘paytirish ortiqcha talabni qondira olmasligini anglatadi. 
Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanishga jalb qilingan bo‘ladi. Shu 


366 
sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini 
keltirib chiqaradi.
b) Taklif inflyatsiyasi. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib 
chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi 
hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. 
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda 
foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. 
Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi, 
xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ham ortib boradi.
Agar ish haqining ortishi mehnat unumdorligining o‘sishidan yuqori 
sur‘atlarda ro‘y bersa, mahsulot birligiga xarajatlar ortib boradi. 
Ba‘zan xarajatlar o‘sishi zanjirli reaktsiya tavsifini kasb etadi. Jumladan, 
energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va elektr energiya 
ta‘riflarini oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda tarqaladi: telefon xizmatlari 
qiymati, transport xizmatlari ta‘rifi, oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 
xarajatlari va boshqa shu kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin. 
II.
Narxlarning o‘sish sur‘atlariga ko‘ra inflyatsiyaning a) me‘yoridagi; b) 
o‘rmalab boruvchi v) giperinflyatsiya kabi turlari ajratiladi. Inflyatsiyaning birinchi 
turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, 
astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. 
Giperinflyatsiya aholi va hatto jamiyatning yuqori ta‘minlangan qatlamiga 
juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga o‘tadi, milliy xo‘jalik 
izdan chiqadi. 
Giperinflyatsiya 1970-1980 yillar arafasida Boliviyada yiliga 2400% ga, 
1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan. 
III.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan 
inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiyada uning oqibatlarini oldindan 
bashorat qilib kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada 
yumshatish mumkin. Ikkinchisida narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida 
mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin. 


367 
IV.
Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra oshkora va yashirin inflyatsiya 
ajratiladi. 
Oshkora inflyatsiya narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladi. Yashirin 
inflyatsiyada narxlar go‘yoki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha pul tovar taqchilligida 
transformatsiyalashadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin