Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.
 
Davlat byudjeti va uning taqchilligi 
Davlat byudjeti-bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash 
manbalarining yillik rejasidir.
 
Davlat byudjeti tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va 
davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslar harakatini 
anglatadi. 
Byudjetning qaysi darajada ekanligidan qat‘iy nazar unga iqtisodiy 
kategoriya, moliyaviy dastak va xuquqiy kategoriya sifatida yondoshish mumkin . 


379 
Iqtisodiy kategoriya sifatida
byudjet turli darajada markazlashgan 
fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi 
iqtisodiy munosabatlardir. 
Moliyaviy dastak sifatida
byudjet turli darajadagi pul mablag‘lari fondni 
shakllantirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni 
byudjet hisobidan moliyaviy ta‘minlashda ham undan moliyaviy dastak sifatida 
foydalanish ko‘zda tutiladi. 
Huquqiy kategoriya sifatida
byudjet markazlashtirilgan pul mablag‘larini 
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat
muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligida
namayon bo‘ladi. 
Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlat yoki 
mahalliy hokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me‘yoriy hujjatiga aylanadi. 
Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Bular 
davlatning investitsiya sarflari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyojlar uchun 
ajratmalar va davlat boshqaruvining moliyaviy manbalaridir. Davlat byudjeti xara-
jatlarining asosiy to‘rt turi ajratiladi. 
1.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishga investitsiyalar; 
2.
Ijtimoiy sohalarni (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, 
madaniyat) pul bilan ta‘minlash; 
3.
Davlat idoralarining xarajatlarini qoplash; 
4.
Mamlakat mudofaasini ta‘minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, 
albatta, birinchi navbatda, ana shu xarajatlarni to‘liq qoplashi zarur bo‘ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin