385
Uchinchidan,
soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda soliq tizimi soliq
to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha uyg‘otmasligi zarur.
To’rtinchidan,
soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy,
tushunarli
va qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur.
Beshinchidan,
soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali
qayta taqsimlanishini ta‘minlashi kerak.
Mmilliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
-
davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
-
milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash;
-
ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
-
iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi);
-
iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni
tartibga solish vazifasini ham bajaradi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarning
o‘sishiga olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer
asoslab
bergan, A.Lafferning muloxazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar
stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan
rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekin-
lashtiradi va bular oxir oqibatda davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadi.
Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavka (me‘yor) si o‘sishi
o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi ―Laffer egri chizig‘i‖ nomini oldi.
Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida –
davlat byudjetiga
tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat byudjetiga
eng yuqori tushum (V
1
) ni ta‘minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda
davlat daromadi nolga
teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Soliq stavkalarini
pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning
ortishi orqali soliq
undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta‘minlaydi. Natijada soliq
386
tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik
kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki,
Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me‘yorida
amal qilgan holdagina
namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: