399
shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan
kreditdan farq qilgan.
Sudxo‘rlik salbiy tomonlari bilan birga kapitalning dastlabki jamg‘arish
uchun zarur mablag‘larning shakllanishga yordam bergan.
Industrial jamiyat va
bozor xo‘jaligining vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini
yuritish qiyinlashib qoldi.
Bunda kapital bir xo‘jalikda pul shaklida,
ikkinchisida tovar shaklida
to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Kapital
harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo‘sh
pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga
ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi.
Kredit
iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan
pul mablag‘larning ma‘lum muddatga, xaq to‘lash sharti
bilan qarzga berilishi va
uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit munosabatlari ikki sub‘ekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul
mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya‘ni qarz oluvchilardir.
Kredit sube‘ktlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat
va turli toifa aholi qatlamlari hisoblanadi. Bir sub‘ektning o‘zi bir vaqtda ham qarz
oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin.
Kredit aloqalari pul egasi
bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi.
Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Kredit bir qator vazifalarni
bajaradi.
Taqsimlash vazifasi. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish orqali
kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga
oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta‘minlanadi.
Joriy qilish. Kredit asosida va unga bog‘liq
holda pul belgilari va unga
tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya
qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi.
400
Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat,
moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi
barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali
tejamkorlik, iqisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlash. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini
harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi.
Dostları ilə paylaş: