401
Bulardan tashqari davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus
mablag‘ ajratiladi. Markaziy bank ham qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit
muassasalariga kreditlar berishi mumkin.
Ma‘lum vaqt mobaynida bo‘sh pullar uning egalariga hech qanday daromad
keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan
ham qarz berish foydali
bo‘lib qoladi. Natijada ana shu bo‘sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda
banklar tegishli foiz bilan muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa sub‘ektlarga o‘z
maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi.
Dostları ilə paylaş: