Xo’jaliklararo pul krediti xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning bir-biriga bera-
digan krediti. Bunday holda kredit korxona, tashkilotlar tomonidan aktsiya, obli-
gatsiya, kredit kartochkalari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish orqali
beriladi. Bu operatsiyalar korxonalarning markazlashtirilmagan moliyalashtirish va
kreditlash tizimi degan nom olgan.
II. Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra: iste‘mol, ipoteka va xalqaro kreditlar
ajratiladi.
Iste’mol krediti aholi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lib, tovar
yoki pul shaklida berilishi mumkin. Bu kredit eng avvalo uzoq muddat
foydalaniladigan iste‘mol tovarlarini sotib olish uchun beriladi hamda unga belgi-
lanadigan foiz birmuncha yuqori bo‘ladi. Hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham o‘z
o‘rniga ega. Jumladan, talabalarga o‘qish haqini to‘lashlari uchun maxsus ta‘lim
kreditlari beriladi. Hozirgi paytda, uy-joy qurish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun
imtiyozli kredit berish keng qo‘llaniloqda.
Ipoteka krediti: ko‘chmas mulk (yer, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo‘yib
olinadigan kredit.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro miqyosidagi harakatidir.
Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Qarz beruvchi va qarz
oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat organlari, hukumatlar, yirik korpo-
ratsiyalar, xalqaro va regional tashkilotlar bo‘lib, ularning kredit berish shartlari
bir-birinikidan jiddiy farq qilishi mumkin.
III. Berilish vaqtiga ko‘ra: qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kreditlar ajratiladi.
Qarz hajmi va muddatining cheklanish darajasiga ko‘ra limitlangan va
limitlanmagan kreditlar farqlanadi.
IV. Ishlatilish sohasiga ko‘ra, kredit ikki turga bo‘linadi: aylanma kapitalini
tashkil etish, hamda asosiy kapitalni sotib olish uchun foydalaniladigan kreditlar.