412
Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring firmalari odatda
lizing va faktoring operatsiyalarni amalga oshiradi. Faktoring firmalari
mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z zimmasiga oladi va shu
qarz ustidan ularga universal moliya xizmati ko‘rsatadi. Konfentsial faktoringda
esa ayrim operatsiyalar, jumladan qarzni to‘lash, pul olish
xuquqlari chegaralangan
bo‘ladi. Lizing firmalari investitsion tovarlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi.
Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari
etishmaydi shu sababli, ko‘pchilik bunday operatsiyalarda jalb qilingan mablag‘lar
keng qo‘llaniladi. Bunda odatda bankning uzoq muddatli kreditlaridan
foydalaniladi.
Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit beradi. Ular mol-
mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yish, belgilangan muddatda qaytarib olinmagan
mulkni komission vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.
Kredit birlashmalari-xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit muassasalari
tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin:
Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi
yoki hududiy jihatiga qarab,
qisqa muddatli iste‘mol krediti berish maqsadida tashkil etiladi.
Mustaqil mayda kredit muassasalari ixtiyoriy tarzda birlashuvi tufayli
tashkil etiladi. Ularning mablag‘lari paychilik yoki a‘zolik badallari va zayomlar
chiqarish bilan shakllanadi. Mazkur muassasalarning asosiy operatsiyalari
omonatlarini jalb etish, zayomlar chiqarish, o‘z a‘zolariga qarz berish, veksellarni
hisob-kitob qilish, savdo vositachiligi, komission operatsiyalar,
maslahat va
auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: