409
Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga
olib keladi,
ya‘ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan
vositasidir.
Agar markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa,
u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib
olishni boshlaydi. Ma‘lum vaqt o‘tgach, obligatsiyalar sotishdan olingan pullar
tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan
bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida ishlatiladi.
Agar Markaziy bank inflyatsiya sharoitida pul massasini ko‘paytirishning
oldini
olishga xarakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi.
Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini
sotib oladi va ma‘lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi.
Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin bo‘lgan
ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori bo‘lsa muomaladagi
pul taklifi kamayishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga
talab o‘sadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy
faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi.
Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab ―arzon‖ yoki ―qimmat‖
pul kredit
siyosatini yuritadi.
Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik
mavjud bo‘lsa, Markaziy bank ―arzon‖ pul siyosatini yuritadi va kredit olishni
osonlashtiradi.
Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni
banklar va
aholidan sotib oladi, ehtiyot normasini kamaytiradi va hisob stavkasi pasaytiradi.
Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va
iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi.
Agarda mamlakatda inflyatsiya yuz berayotgan bo‘lsa, ―qimmat‖ pul siyosati
yuritilishiga to‘g‘ri keladi. Bu siyosat kreditni ―qimmat‖ qilib, uni olishni
410
qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda
qimmatli qog‘ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi
va hisob stavkasini
ko‘taradi.
Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida
investitsiyalarning qisqarishiga, inflyatsiyani cheklashga olib keladi. Shunday
qilib, Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimi orqali butun iqtisodiyotga o‘z
ta‘sirini ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda o‘zbekistonda Markaziy bankning ―...pul-kredit
siyosatini
yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning
barqarorligini ta‘minlash; erkin konvertatsiyani ta‘minlovchi valyutaga oid muno-
sabatlarni
tartibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor
mexanizmlarini joriy etish
80
‖ga qaratiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab
chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi.
Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar
ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, xalqaro valyuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok
etadi. Uchinchidan, hukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda
qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi.
Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos:
bir tomondan, univer-
sallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal
tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra
aktsionerlik tipidagi kor-
poratsiyalar hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
Kredit operatsiyalarini bajarish;
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish;
Turli xizmatlar ko‘rsatish;
Banklararo operatsiyalar o‘tkazish;
Valyuta operatsiyalarini bajarish;
80
Мирзиѐев Ш.М..2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz
411
Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k.
Dostları ilə paylaş: