408
Markaziy bank
mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda
boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki,
birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki
yagona markaziy bankdan
iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan
o‘rnatiladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank u ―banklar banki‖ deb ham yuritiladi,
tijorat
banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit
beradi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga
intilib faoliyat qilmaydi,
davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi.
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash
vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta‘minlaydi va banklararo
hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi
va ular ustidan
nazoratni amalga oshiradi.
Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayriboshlaydi.
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, muomalaga
milliy valyutani chiqaradi.
Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi. Bunda u: pul
muomalasini tartibga soladi va kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi
usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: