419
bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta‘kidlab
o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat
nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar
iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega
bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday
chetdan aralashishsiz
ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag‘bat-
lantiradi.
A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1929 - 1933 yillarda bozor
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul
va ommaviy ishsizlik
davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini
ko‘rsatdi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj. M.Keynsning «Ish
bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o‘z aksini
topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli tartibga solish
vositalaridan foydalanib,
jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini
ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu
darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi.
Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borish
holati ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan
tartibga solishning muhim
maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni
ta‘minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab chiqarish
jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.
XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning monetarizm va uning
«reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida
davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o‘z-o‘zini
boshqarishdagi kamchiliklari natijasida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi.
Angliyaning London shahrida 2008 yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng
420
rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida ham davlat iqtisodiyotga
aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi.
Dostları ilə paylaş: