Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
4.
 
Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va tartibga solish 
dastaklari 
Davlatning iqtisodiy siyosatni pul-kredit, fiskal, investitsion, agrar, ijtimoiy, 
daromadlarni tartibga solish, tashqi iqtisodiy va global iqtisodiy siyosat kabilardan 
iborat bo‘ladi. 
Pul-kredit siyosati— davlatning monetar siyosati bo‘lib, u pul muomalasini 
tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta‘minlash, iqtisodiyotdagi 
pul oqimlarini tartibga solib turishga qaratiladi.
Fiskal siyosat - bu davlatning soliq-byudjet siyosatidir, unga binoan soliq 
tushumlari belgilanadi, byudjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatilishi 
ko‘zda tutiladi. 


430 
Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat soliqlar vositasida byudjetga pul 
tushumini ta‘minlaydi. Unga binoan soliq turlari, soliq stavkalari, soliq solinadigan 
ob‘ektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. 
Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta‘sir etishida qo‘llaniladigan asosiy 
moliyaviy dastakdir.
Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan imtiyozlar beriladi. 
Bunda soliq yuki kamaytiriladi, soliqni undirish muddati cho‘ziladi yoki umuman 
soliqdan ozod qilinadi.
Fiskal siyosat ikki xil yo‘ldan amalga oshiriladi. 
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtiruvchi amaldagi moliyaviy normativlarni 
qo‘llashni davom ettirish. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi
daromadlarning inflyatsiyaga qarab indeksatsiyalash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
normativlarini kiritish mumkin.
2. Yangi moliyaviy normativlarni kiritish. Mazkur siyosat doirasida yangi 
soliq stavkalari joriy etiladi, uning yangi turlari kiritiladi, byudjet mablag‘larini 
sarflash normativlari o‘zgartiriladi.
Fiskal siyosatda davlat byudjeti orqali iqtisodiy faollikka ham ta‘sir 
ko‘rsatadi. Byudjet mablag‘lari hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga 
investitsiyalarni ajratadi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli faoliyat (masalan, 
yangi texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya 
beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan 
xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar faoliyati rag‘batlan-
tiriladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin