Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

5.
 
 Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o’zaro bog’liqligi
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi iqtisodiy va ijtimoiy 
siyosatning uzviy aloqada bo‘lishini taqozo qiladi. Iqtisodiyot ijtimoiy taraqiyot 
uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o‘z navbatida ijtimoiy 
muammolarning hal etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o‘sishga 
xizmat qiladi. Mana shunday o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning 
uyg‘unlashuvini taqoza kiladi. 
Davlatning ijtimoiy siyosati
— bu kishilarning hayotiy manfaatlarini 
yuzaga chiqarish, insonni ijtimoiy himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan 
siyosatdir. 
Uning maqsadi umumiy iqtisodiy farovonlikni oshirib borishga ko‘mak 
berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqini 
o‘rnatish, kambag‘allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash, ij-
timoiy yordam me‘yorlarini aniqlash kabilarga ustuvorlik beriladi. Uning asosiy 
yo‘nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir.
Bandlik siyosati. 
Bu mehnatga layoqatli va ishlashni hxohlagan kishilarni 
ish bilan ta‘minlash, shu orqali ularga o‘zini-o‘zi iqtisodiy ta‘minlash uchun 
imkoniyat yaratishni ko‘zda tutadi. Bunda davlat mamlakatda yangi ish o‘rinlarini 
yaratish, mavjud ish o‘rinlaridan to‘laroq foydalanib bandlikni oshirilishini ko‘zda 
tutadi. Yangi ish o‘rinlarini yaratgan korxonalarga soliqdan imtiyozlar yoki 
subsidiyalar beriladi. Shuningdek, yangi ish o‘rnini yaratib, uni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlab, mehnat unumdorligini va shunga ko‘ra 
daromadlarini oshirishga erishish rag‘batlantiriladi. Bandlik muammosining 
keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu yo‘liga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiy 
jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik siyosati har qanday ish o‘rnini, 
hatto unumi past ish o‘rinlarining yaratilishini ham ko‘zda tutadi. Aksincha, iqti-
sodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band 
qiluvchi unumi yuqori ish o‘rinlarini, yaratishga e‘tibor qaratiladi. O‘zbekistonda 
bandlik siyosatida yangi ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy 


435 
tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarida ish 
o‘rinlarini yaratishga ustuvorlik beriladi. O‘zbekistonda maxsus bandlik fondi 
mablag‘lari hisobidan ish o‘rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi va ular 
yangi kasblarga o‘rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar mab-
lag‘lari ham yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi. 
Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ish 
kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko‘radi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin