Tayanch tushunchalar Aholi daromadlari – aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural
shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlar
summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste‘mol va jamg‘arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholining hayot
kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi
hamda ular ehtiyojlarining bu ne‘matlar bilan qondirilish darajasidir.
Lorens egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni
tavsiflaydi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy siyosat – davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatish iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga
yo‘naltirilgan siyosat.
Muhokama uchun savollar: 1.
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani
tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta‘minlashda bu siyosatning roli qanday?
2.
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi
omillarni sanab ko‘rsating.
3.
Turmush darajasi tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini qanday
ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi?
4.
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va ularga
tushuntirish bering.
5.
O‘zbekistonda davlat maqsadli ijtimoiy yordam dasturlarini amalga oshirish
va uning hozirgi davrdagi asosiy yo‘nalishlariga o‘zingizning fikringizni bildiring.
450
XXVIII BOB. ISHCHI KUCHI BOZORI. ISHCHI KUCHI VA UNING