Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

O’zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi 
(2016 y,foizda)
27.1-jadval 
Umumiy daromadlar – jami
 
100,0 
Shu jumladan: 
I.Birlamchi daromadlar
79,7 
1.1).Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar 
 
75,7 
a).
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
 
73,3 
-
yollanma ishchilarning ish haqi
 
38,9 
-
mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar 
 
34,4 
85
Ўзбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. Т.2016 54-бет. 


440 
b).
Shaxsiy iste’mol uchun o’zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan 
olingan daromadlar 
2,4 
1.2). Mol-mulkdan olingan daromadlar 
4,0 
II.Transfertlardan daromadlar
20,3 
1.1). Umumiy daromadlarda, kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar 
ulushi 
55,2 
Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi 
o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‘sib borayotgani 
alohida e‘tiborga molikdir. 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich ulushi 55,2 foizni tashkil 
qilgan, boshqacha aytganda aholi daromadlarining yarmidan ko‘pi, birinchi 
navbatda, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllangan.
87
O‘zbekistonda yaqin istiqbolda ham aholining real daromadlarini 
bosqichma-bosqich oshirib borish ko‘zda tutiladi. Bu quyidagi yo‘nalishlarda 
amalga oshiriladi.

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish; 

kam ta‘minlangan oilalarni va aholining daromadlari bo‘yicha 
farqlanishi darajasini yanada qisqartirish; 

byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va 
ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyatsiya sur‘atlariga nisbatan jadal miqdorda 
bosqichma-bosqich oshirish. 
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar 
sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta‘minoti amalga oshiriladi 
va turli xil nafaqalar to‘lanadi. 
Aholining 
moliya-kredit 
tizimi 
orqali 
oladigan 
pul 
daromadlari 
qo‘yidagilardan iborat: sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va 
matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aktsiya, 
obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha 
87
Ўзбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. Т.2016й. 55-бет. 


441 
to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida 
tashkil topadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya 
to‘lovlar va h.k. 
O‘zbekistonda aholining pul daromadlari tarkibida ijtimoiy transfert 
daromadlari 2016 yilda 20,3% ni tashkil qiladi. MDH mamlakatlaridan ichida faqat 
Belorussiyada bu ko‘rsatkich nisbatan yuqori (18,8%), boshqa MDX davlatlarida esa 
u 8% dan oshmaydi. 
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar 
ehtiyojining bu ne‘matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlanadi. 
Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot darajasini belgilaydigan bir 
qator muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bular quyidagilar: 

yashash sharoitlari va standartlari; 

qulay va zamonaviy uy – joylar bilan ta‘minlanganligi; 

kishilar yashash muhiti rivojlanganligi va obodonlashtirilganligi; 

zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi; 

aholining sifatli iste‘mol tovarlari, xususan mamlakatda ishlab chiqarilgan 
tovarlar bilan ta‘minlanganligi; 

zamonaviy ta‘lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lishi. 
Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining daromadlari 
darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat ko‘lamida butun aholi uchun va 
tabaqalashgan mikro darajada aholining alohida guruhi uchun qarab chiqish 
mumkin. Birinchi yondashuvda turli mamlakatlarda aholining turmush darajasi 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha 
qiyosiy tahlil qilinadi. 
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, 
iste‘molchilik byudjeti asosida amalga oshiriladi. Qator iste‘molchilik byudjetlari 
mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, 


442 
minimal moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa 
ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb 
ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste‘molchilik 
savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va 
bolalarni o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu-ziynat buyumlari 
kiradi. 
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki ―boy‖ qatlami mavjud 
bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovarlar xarid qilishga 
layoqatli bo‘lgan juda oz qatlami kiradi. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush 
darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro 
tashkilot hamda ekspertlar tomonidan xolisona baholangan. 2012 yilda Buyuk 
Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining farovonlik 
va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 64 o‘ringa 
kiritgani e‘tiborga loyiqdir. 
O‘zbekiston ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, 
oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy 
infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham jahon hamjamiyatida havas 
qilarli o‘rinni egallaydi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin