Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari 
Davlatning 
ijtimoiy 
siyosati 
tegishli 
markazlashgan 
daromadlarni 
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet tizimi orqali 
aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini 
qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish 
(masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini 
belgilash usullaridan foydalanadi. Bundan ko‘zlangan ―...maqsad – iqtisodiyot va 
ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni 
bartaraf etishdir‖
86
O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlaridan 
kelib chiqib, byudjetning ijtimoiy yo‘naltirilganlik tavsifi saqlab qolinadi. Davlat 
byudjeti 
harajatlar 
qismining 
60 
foizdan 
ortig‘i ijtimoiy ehtiyojlarni 
moliyalashtirishga qaratiladi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda 
qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi 
munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
86
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.22-бет. 


447 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik 
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish 
– bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi 
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib 
borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, 
daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, 
jamg‘arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir 
vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar 
nisbatini o‘zgartirishda respublikada joriy etilgan yangi yagona ta‘rif setkasi katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini 
tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash 
imkonini berdi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi - ichki iste‘mol bozorini 
himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy 
turlari iste‘molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning 
uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash 
va qo‘llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu 
yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar
nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda 
qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib 
boriladi. 
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga 


448 
oshirishda, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich 
boshlashini bildiradi. 
Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini 
qamrab olishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 
yordamdan bahramand bo‘luvchilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va 
moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda 
mahallalarda byudjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari 
va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus 
jamg‘armalar hosil qilindi. 
Respublika 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev 
qayd 
qilib 
o‘tganidek: 
―...islohotlarning asosiy maqsadi 

aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini 
ta‘minlashdir‖
87
Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy sohani rivojlantirishni ham o‘z ichiga 
oladi. ―Harakatlar strategiyasi‖ da uning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar 
ko‘rsatiladi: 

aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish; 

aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini 
takomillashtirish; 

arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 
aholining 
hayot 
sharoitlari 
yaxshilanishini 
ta‘minlovchi yo‘l-transport, 
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda 
modernizatsiya qilish; 

ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish; 

yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-
quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini 
87
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.6-бет. 


449 
ta‘minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga 
harakat qiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin