451
yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan
holda ta‘lim olayotganlardan iborat.
Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. Yalpi ishchi
kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (mehnat
resurslarining) umumiy sonidir.
Yalpi ishchi kuchining sifat o‘lchami
esa ularning bilimi, malakasi,
mahorati,
ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatkichlarida
mujassamlashadi.
Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror hosil qilib turilishi kerak.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini
uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy
bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib
borish hamda ishchi
avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.
Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi:
aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlarini
yaratish;
xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish;
mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash
hamda qayta taqsimlash;
aholining ijtimoiy, ma‘naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish;
ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta‘minlash.
Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish
bilan bandlikni ta‘minlash hisoblanadi. ―To‘liq bandlik‖ va ―samarali‖ yoki
―oqilona‖ bandlikni ham taqozo qiladi.
Ish bilan to‘liq bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan
va ishlashni hohlagan
barcha kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi. Shuningdek, ish bilan
to‘liq bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud
bo‘lishini inkor etmaydi,
boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha
kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi.
452
Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul
bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda
tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul
daromad olinishini bildiradi. To‘liq
bandlik belgilangan ish kuni, haftasi va oy
davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Aks holda to‘liq
bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi.
―Samarali‖ yoki ―oqilona‖ va ―samarasiz‖ bandlik ham mavjud. Oqilona
bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad
keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta‘minlovchi bandlikdir.
Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z
mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda
texnologiya yuqori
bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi.
Oqilona bandlikka kompyuter dasturchisining bandligini misol qilib olish
mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste‘dod va
tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi.
Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi xodimlari bandligini olish
mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq
iqtisodiy manfaatdorligining ta‘minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida
mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv
turiga tayanishini taqozo qiladi.
Bandlik axamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka ajratiladi.
Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini beruvchi
faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni
qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlov-
chilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan
daromad ishlovchini qoniq-
tirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik
asosida ishlash shaklida ro‘y beradi.
Bandlik darajasi ishlashga layoqati bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab
turishlarini bildiradi.
453
Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga
nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobiliyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi
deb faraz qilinadi. Bandlik darajasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi
(Mr) hissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: