443
Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib
borsa-da, har doim ham daromadlar
tengsizligi darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi sabablar:
kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatidagi farqlar;
yangidan yaratilgan qiymatning taqsimotidagi notenglik;
ayrim kishilarning merosga egaligi, tasodifiy omadi kelishi;
kishilarning tadbirkorlik layoqatidagi farqlar;
mehnat bozoridagi monopoliya va turli xil kamsitishlar;
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy
aniqlash uchun jahon
amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi.
даромад
(%)
0
20
40
60
80
100
Лоуренс эгри чизиғи
аҳоли (%)
100
80
60
40
20
27.1-chizma. Lorens egri chizig’i
Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanish imkoniyati
burchakni teng ikkiga bo‘luvchi bissektrisa o‘qida ifodalangan bo‘lib, u oilalarning
har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi.
Oilalarning 20%, 40% va 60%i mos ravishda barcha daromadlarning 20%, 40% va
60% ni olishi lozim bo‘ladi va h.k.
444
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi farq
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi.
Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, daromadlar
tengsizligi darajasi ham
shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng
bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi
bir-biriga mos kelib farq
yo‘qoladi.
Bizning misolda AV yoysimon chiziq bilan AV to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi
farqqa qanchalik kattalashsa daromadlarda tengsizlik shunchalik kuchli bo‘ladi.
Tengsizlikning haddan oshib ketishiga yo‘l bermaslik uchun uning me‘yori
kiritilgan. Bunga ko‘ra boylar qo‘lida jami daromadlarning 25-35 foizi to‘planishi
mumkin. Boshqa bir me‘yorga ko‘ra 10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar
daromadi o‘rtasidagi farq 13-15 martadan oshmasligi talab qilinadi. O‘zbekistonda
bu farq oxirgi yillarda 11 dan 8 martagacha qisqargan.
Daromadlar
tabaqalanishini
aniqlashning
ko‘proq
qo‘llaniladigan
ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng
yuqori va 10% eng kam ta‘minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni
ifodalaydi.
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda
eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l
qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini
xarakterlash uchun
aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi.
Bu ko‘rsatgich italiya iqtisodchisi va statistigi Korrado DJini (1889-1965) nomi
bilan ataladi. Mazkur ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya‘ni 1,0 ga yaqinlashsa)
tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi.Jamiyat a‘zolari daromadlari tenglashib
borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi.