439
Ixtiyorida bo’lgan daromad
– shaxsiy iste‘mol va jamg‘arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar
va majburiy to‘lovlar miqdoriga kam bo‘ladi.
Real daromad
– narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida
bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini
ko‘rsatadi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va
ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Respublikamizda mehnatni rag‘batlantirish maqsadida ish haqini oshirish
natijasida aholi daromadlari muttasil o‘sib bormoqda. Jumladan, 2016 yilda aholi
umumiy daromadlari 12foizga o‘sgan. 2000 yil bilan taqqoslaganda, real daromad
aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‘paydi.
85
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarning asosiy turi ish
haqi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining
etakchi rolini saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: