Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Tashqi iqtisodiy siyosat
davlatning o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy 
aloqalarini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan integratsiya-
lashuvini ta‘minlashga qaratiladi. Bu siyosatga binoan eksport va import, chetga 
kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasini tartibga 
solishga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur siyosatda bojxona to‘lovlari, 
eksport-import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Eksportni ko‘-
paytirish zarur bo‘lsa unga litsenziyalar beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. 


432 
Importni qisqartirish ma‘qul bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj 
to‘lovi oshiriladi, unga litsenziya berish chegaralanadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati kapital chiqarish va kapital kiritish 
tartibini ham belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo‘lsa, u rag‘batlantiriladi. Kapital 
chiqishi ma‘qul bo‘lsa davlat bunga turli imtiyozlar orqali sharoit yaratib beradi. 
Davlat chetga ish kuchini chiqarishni ham tartibga soladi. Bordi-yu, mamlakatga 
arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan kirib kelishi uchun migratsiya 
qoidalari (chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va h.k.) 
engillashtiriladi. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatida xalqaro iqtisodiy tashqilotlar 
bilan hamkorlik qilish ham ko‘zda tutiladi. 
Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining samaradorligi iqtisodiy o‘sish sur‘atlari, 
inflyatsiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, savdo va to‘lov 
balansi holati kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. 
Global iqtisodiy siyosat 
iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni 
dunyo mamlakatlari o‘rtasida taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad 
qilib qo‘yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni ser-
foyda soxalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj 
to‘lovlari, kvotalar kabi dastaklardan foydalaniladi. Tovarlarning qimmatlashib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan cheklanib, ularning 
importiga soliq belgilanmaydi. Bu ikki-tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish 
deb yuritiladi. Xalqaro savdo-sotiqda o‘zaro kelishilgan engillashtirilgan bojxona 
to‘lovlari qo‘llaniladi. Jumladan, xalqaro savdo tashkiloti a‘zolari o‘zaro savdo 
qilganda, mazkur to‘lovlari tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak. 
Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvo-
talari, uni berish muddati va kredit uchun foiz stavkasi o‘rnatiladi. Xalqaro 
kreditda kelishilgan foiz stavkasi 
libor
deb yuritiladi. Liborni yirik London 
banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini 
belgilaydilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor — qarz beruvchi mamlakatlar 
banklari amalga oshiradi. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil 


433 
etadi. Bu kredit siyosati kimga va qancha qarz berishni, qanday qarzlarni kechib 
yuborishni, qaysilarining to‘lash muddatini cho‘zishni belgilab beradi. 
Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va import kvotalari 
o‘rnatadilar. Bularga binoan qaerga qancha tovarni eksport va import qilish, hamda 
uning tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda, 
masalan, Evropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit 
yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminatsiya qilish, ya‘ni 
kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya‘ni xalqaro korporatsiya va 
tashkilotlar, etakchi davlatlar hukumati, davlatlararo muassasalar va parlament 
belgilaydi. Bunga misol qilib Evroparlament, Evropa ministrlar kengashi 
qo‘llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan 
bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi 
ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qo‘llaniladi. 
Transmilliy korporatsiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni belgi-
laydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini, 
uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi.
Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Evropa Tiklanish va Tarraqiyot banki, 
Osiyo Rivojlanish banki kabi xalqaro institutlar valyuta rejimini mustahkamlash
kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni qo‘llaydilar. Ular milliy valyuta 
kursini barqarorlashtirish va uning tahlikasini kamaytirish uchun, milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirib eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit 
siyosatini qo‘llab quvvatlaydi. 
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo ishchi kuchi migratsiyasiga ham 
taalluqlidir. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro 
qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan 
migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migratsiya oqimini nazorat qilish tar-
tibi ham kelishiladi, migratsiyaga oid o‘zaro axborot almashlab turiladi. 
Global siyosat tabiiy ravishda globallashuv jarayonining afzalliklaridan 
foydalanish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratiladi. 


434 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin