3.
Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga solish
dastaklari
Davlatning iqtisodiy siyosati — bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta‘minlash va inflyatsiyani oldini olish orqali
aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir.
Davlatning iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy rivojlanishining
ichki va tashqi sharoitlarini hisobga oladi. Bular eng avvalo mamlakat
iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon‘yunkturaning milliy iqtisodiyotga
ta‘siri, undan kutilayotgan o‘zgarishlar, mamlakat zimmasiga olgan xalqaro
majburiyatlar, milliy iqtisodiyotning resurslar bilan ta‘minlanish darajasi kabilar
shular jumlasidandir.
Davlatning iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda
ma‘lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar:
426
1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Bu yalpi ichki maxsulotning
bir maromda va etarli sur‘atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlash zarurligini
bildiradi.
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash.
3. Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash.
4. Milliy pul barqarorligini ta‘minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining
me‘yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga
aylantirish imkonini beradi.
5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu iqtisodiyotning
ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi.
6. Milliy xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol ishtirok etishga
erishish. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topishi, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishishga
sharoit yaratadi.
Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya‘ni uzoq davrga muljallangan
maqsadi hisoblanadi. Davlat strategik maqsadlardan kelib chiqib qisqa davrdagi
vazifalarini belgilaydi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narx-
larning barqarorligini ta‘minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport
salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni ta‘minlash, yangi tashqi bozorlarga
kirib borish kabilar kiradi.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
bevosita ta‘sir qilish usullari;
bilvosita ta‘sir qilish usullari;
tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‘lsa,
bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga
solish bilan bog‘langan.
427
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan
foydalaniladi. Ma‘muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash,
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Tartibga solishning ma‘muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror
ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga
solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqti-
sodiyotga bilvosita ta‘sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma‘muriy
vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida
ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari ( transport, aloqa, atom va elektr-
energetika, kommunal xizmat va boshqalar)ni bevosita boshqarish. Bunda davlat
mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotchilar
iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma‘lum doirada amal qilib,
ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar
doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma‘lum sharoitlarda
iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan samarasiz
bo‘lib qolishi ham mumkin.
Respublikada ―Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa
davlatning
funktsiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga birinchi galda
xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash
84
‖ hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini qotirib qo‘yish siyosati: Mazkur siyosatni yuritishda
narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma‘lum doira bilan
cheklanadi.
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish:
davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta‘minlanmaganlarga nafaqa be-
radi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab
chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik
84
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: ―Янги асар авлоди‖, 2001 йил.62-бет.
428
to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga
solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar.)
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga
ustunlik beriladi.
IDTTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya
ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy
o‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy tsikl va
bandlikka ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari ham roli muhim.
Jumladan, bozor kon‘yukturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida
xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu
orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga
harakat qiladi.
Bulardan tashqari davlat kapital qo‘yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida,
kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol
o‘ynaydi.
IDTTSning ancha qamrovli shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi.
Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks
foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favqulodli va maqsadli
bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga
tuziladi. Favqulodli dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy
ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli
xususiyatga ega bo‘ladi.
IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda
maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga
oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta‘sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar,
hizmatlar,
kapital
va
fan-texnika
yutuqlari
eksportini
rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va
eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki
bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga
429
chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan
ishchi kuchini jalb qilish, halqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo
uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga
solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy
usullari birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli vositalari yorda-
mida amalga oshiradi. Bular birinchidan, tartibga solishning iqtisodiy vositalar
bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat buyurtmalari,
investitsiyalar va transfertlar, turli iqtisodiy sanktsiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy
vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan
rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti
hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir.
Uchinchisi, ma‘muriy vositalar. Ma‘muriy vositalar qo‘shimcha hisoblanib,
u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |