1x100 m = r+s Agar naqd pulga aylangan miqdor 30%ni tashkil qiladi deb faraz qilsak, u
holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi.
Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2
so‘m yangi kredit pulni hosil qiladi.
Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir
vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning
yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar balki
ular bilan bog‘liq kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Biroq moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi. Chunki
mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda sug‘urtalanadi.
Umuman olganda bank tizimida moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash butun bir
tizimi mavjudki, bu moliyaviy sarosimalikning oldini olishni kafolatlaydi.
Tayanch tushunchalar Pul muomalasi – tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to‘lovlar
va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning
harakati.
Pul bozori – moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta‘sirida
uyg‘unlashtiriladi.
Kredit – bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va
ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish.
Tijorat krediti – bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik
sub‘ektlarining bir-biriga beradigan qarzlari.
417
Bank krediti – bank muassasalari tomonidan har qanday xo‘jalik
sub‘ektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida –
ssuda tarzida beriladi.