Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

O’zaro kredit berish jamiyatlari 
xarakteri jihatidan tijorat banklariga yaqin 
bo‘lib, asosan mayda va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatadi. Ularning a‘zosi 
jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Jamiyat kapitali unga a‘zo bo‘lib 
kirish badallaridan tashkil topadi. 
Moliya kompaniyalari 
odatda tovarlar oldi-sotdisiga kredit beradi. Savdo va 
sanoat firmalariga qarzga sotilgan tovari uchun kredit berish bilan shug‘ullanadi.


413 
Sug’urta kompaniyalari
asosan sug‘urta polislarini sotish bilan shug‘ullanadi. 
O‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari obligatsiyalari, aktsiyalari hamda davlat 
qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar. 
Pensiya fondlari
eng avvalo o‘z mablag‘larini tashkil etish va pensiya berish 
bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini asosan sanoat kompaniyalari aktsiyalariga 
qo‘yadi.
Investitsion kompaniyalar
o‘z majburiyatlarini mayda mijozlar o‘rtasida 
joylashtirib, turli tarmoqlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bilan shug‘ullanadi. 
Kredit shirkatlari
o‘z a‘zolari, kooperatorlar, ijara korxonalari, kichik va 
xususiy biznes hamda jismoniy shaxslarga kredit hisob-kitob xizmatlarini ko‘r-
satish maqsadida tashkil etiladi. Ularning kapitali paylari va kirish badallari 
hisobiga tashkil topib, shirkatdan chiqqanda qaytarilmaydi. Asosiy passiv opera-
tsiyalari omonatlarini jalb etish va zayomlarini joylashtirishdir
82

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsus moliya kredit muassasalari soni 
tobora ortib boradi. Ular nihoyatda katta mablag‘larni jalb etish bilan birga 
kapitallarni samarali joylashtirishga ham erishib, umuman iqtisodiyotni rivojlan-
tirishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan AQShda ana shunday muassasalarning ak-
tivlari tijorat banklari aktivlaridan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Respublikamizda 
ham bunday muassasalar tashkil etishda anchagina muvaffaqiyatlar qo‘lga 
kiritilmoqda. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin