2.
Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari.
Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor
tizimi faoliyat qilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotida bu davlatning
iqtisodiy vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar:
bozor iqtisodiyoti me‘yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga
keltirish va takomillashtirish;
raqobatni himoya qilish;
daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash;
resurslarni qayta taqsimlash;
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni inflyatsiya va bandlik darajasi
ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish;
tashqi samarani tartibga solish.
Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqozo
qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik
xuquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar,
resurslarni yetkazib beruvchilar va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va shu kabilar. O‘zbekiston
Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik jamiyatlar to‘g‘risidagi
qonunlari hamda ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarru-
fidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun
zaruriy, huquqiy asosni ta‘minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta‘minlash o‘z ichiga ichki tartibni
saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchashga andozalar belgilash, tovarlar va
xizmatlar ayriboshlashini engillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga
kiritish kabilarni oladi.
421
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usul-
da nazorat o‘rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar
―raqobatli bozor‖ mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy
monopoliyalar deb nomlanadigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va
ko‘rsatiladigan xizmatlarga andozalarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr quvvati
ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma‘lum darajada
shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik
bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta‘minlanishi sababli davlat
raqobatini quchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi
qonunlar qabul qiladi.
Bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a‘zolari
o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli
davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu
vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert
to‘lovlari orqali muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog‘ida bo‘lganlarni
nafaqalar hamda ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta‘minlaydi. Ijtimoiy ta‘minot
dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Ikkinchidan, davlat bozorini tartibga solish yo‘li bilan, ya‘ni talab va taklif
ta‘sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning
taqsimlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlat jamiyat a‘zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq
tizimidan keng foydalanadi.
Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki
holatda ko‘rinadi, ya‘ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma‘lum tovarlar va xizmatlarning
kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar
va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.
Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste‘mol
qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya‘ni bevosita xaridor
yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga ―joyini o‘zgartirsa‖ vujudga keladi. Bu
qo‘shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar
422
xissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning
ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining sanoat
chiqitlarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi
aholiga zarar keltiradi.
Davlat bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi
yoki mahsus soliq va jarimalardan foydalanadi.
Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki
cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining sanoat chiqitlarini ishlab
chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va
o‘rnatish bilan yo‘qotishga majbur qiladi.
Boshqa holda davlat maxsus soliqlarni kiritish yordamida, atrof-muhitni
ifloslantiruvchi korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo‘lgan zararni
yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi
keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste‘molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytirildi.
Ikkinchidan, davlat taklifini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni sub-
sidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi
va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilinadi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne‘matlarni ishlab
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi
va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z
zimmasiga oladi.
Bular fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y
beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular
jumlasidandir.
Davlat
byudjet
mablag‘lari hisobiga resurslarni hususiy sohada
qo‘llanilishdan bo‘shatadi hamda ularni ijtimoiy ne‘mat va xizmatlar ishlab
chiqarishga yo‘naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti
423
tarkibida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta
taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiyotning barcha sohalarini
resurslar bilan ta‘minlash, to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, hajmi etarli
bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarga o‘z xarajatlarini
ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning sarflarini rag‘batlantirish
maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to‘liq bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu
narxlar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha
darajasi inflyatsion xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish
orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni
tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo‘lganda davlat
sarflarining ko‘payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning
o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert
to‘lovlarining ko‘payishi daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy
sarflarning o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta
va ijtimoiy ta‘minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning
xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat atrof-
muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi o‘rinlariga ega
bo‘lishning teng sharoitini ta‘minlash va ma‘lum sohalarda narx belgilash
amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilar orqali ham iqtisodiy faollikga
ta‘sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy tavsifdagi ne‘matlar ham borki, ular faqat davlat tomonidan ishlab
chiqarilib, butun jamiyat a‘zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand bo‘lishi
taqazo qilinadi.
424
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi. Birinchidan,
iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxonalarda tovar va xizmatlar
yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. Ikkinchidan, davlat umumiy
manfaatlarini ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok
etadi.
Respublikamizda yaqin istiqbolda ham: ―iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining rag‘bat-
lantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish‖ nazarda
tutiladi.
83
Bunda quyidagilarga ustuvorlik beriladi:
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-tamoyillarni yanada kengaytirish va
soddalashtirish;
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish;
davlat mulkini xususiylashtirilgan ob‘ektlarning bazasida xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish;
nodavlat, jamoat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini
oshirish
Davlat bozorga nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun
iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi va bunda butun jamiyat nomidan ish
ko‘radi.
Davlatning oilalarga beradigan turli transferlari ularning xarid qobiliyatini
oshiradi, bu esa o‘z navbatida talabni shu orqali bozorni kengaytiradi. Davlat
sektori korxonalarida yaratilgan tovar va xizmatlar taklifini oshiradi.
Davlat sektori butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan xususiy korxonalar ishlab
chiqarilmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori
83
Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz
425
ishlab chiqarish infratuzilmasi, yonilg‘i-energetika, transport, yo‘l va suv xo‘jaligi,
aloqa kabi sohalarni qamrab oladi. Ularning xizmatlari milliy iqtisodiyotning rivoji
uchun zarur bo‘lganligi sababli shu sohalar xarajatini qoplashni davlat o‘z
zimmasiga olib, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.
Xozirgi zamon bozor iqtisodiyotini tartiblashda bozor va davlat mexanizmi
birgalikda amal qiladi. Biroq, ularning nisbati iqtisodiyotdagi vaziyatdan kelib
chiqib turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Italiya, Yaponiya, Avstriya, Frantsiya,
Shvetsiyada davlatning roli kuchli bo‘lsa, AQSh va Germaniyada bozor
mexanizmi ustuvorlikka ega.
Davlatning tartibga solish rolini iqtisodiyot rivojining umumiy holati ham
belgilaydi. Iktisodiyot barqaror o‘sayotgan va bozor mexanizmi samarali ishlab
turganidan davlat iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Aksincha, iqtisodiyot inqirozli
holatda bo‘lganda davlat uning oqibatlarini yumshatishga qarata aralashuvi
faollashadi.
Dostları ilə paylaş: |