431
moliyaviy dastaklarni o‘zgartirishga zaruriyat qolmaydi. Demak, bu siyosat
iqtisodiy o‘sish tuxtovsiz borayotgan kezlarda naf beradi.
Agrar siyosat
qishloq xujaligining barqaror o‘sishini, oziq-ovqat
mustaqilligi va xavfsizligini ta‘minlashni ko‘zda tutadi.
Mazkur siyosat doirasida
davlat qishloqda ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi,
gaz va elektrenergiya ta‘minotining) xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, erni
ijaraga olib ishlatilishini, uni garovga qo‘yib kredit
olishni huquqiy jihatdan
ta‘minlaydi. Agrar siyosatda xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi moliyaviy
dastaklar qo‘llaniladi. Dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun er solig‘i
yuki engillashtiriladi. Masalan, O‘zbekistonda yagona er solig‘i qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining bozor qiymatining 3—5%idan oshmaydi.
Qishloq xujaligida rentabellik nisbatan past bo‘lganligidan
kapitalning
tarmoqdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya
berib, uning hisobidan xarajatlarni qisman qoplaydi va ular me‘yordagi daromadga
ega bo‘lishni ta‘minlaydi.
Hozirgi davrda Respublikada davlatning agrar siyosatida: birinchidan,
―...ekin maydonlari va ekinlar
tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agro-
texnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum
etishtirishni ko‘paytirish‖ ikkinchidan, ―fermer xo‘jaliklarining
moliyaviy-iqtisodiy
holatini mustahkamlash. uchinchidan, ―agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda
ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish‖
ga ustuvorlik
qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: