394
Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko‘p
darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam
bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda
olish imkoniyati bilan
bog‘liq yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi.
79
Yuqori inflyatsiya sharoitida pulning mutloq likvidligi ustuvorlikka ega
bo‘lishdan to‘xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli
aktiv barqaror chet el
valyutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib qoladi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va
shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan
pul miqdori quyidagilarga
bog‘liq.
1. Muayyan davrda, (bir yil davomida) sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar narxi
summasiga (T
b
). Tovarlar qancha ko‘p va narxi baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib
olish uchun shuncha ko‘p pul birligi talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligiga (A
t
).
Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan ular
ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog‘liq.
3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori puldan to‘lov vositasi sifatida
foydalanishga ham bog‘liq. Ko‘pincha tovarlar qarzga
sotiladi va ularning haqi
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga
muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan,
bu davrda ilgari kreditga
sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko‘paytiradi.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul
miqdori (R
m
) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
;
,
b
s
t
m
t
Т
К
Х
P
бунда
А
K
s
– qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi;
X
t
- haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi;
79
Campbell R. McConnell ―Economics‖ Principles, Problems, and Policies 2008195 p
395
Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashda «Fisherning
ayriboshlash
tenglamasiga» asoslaniladi, ya‘ni
QR=MV; yoki
;
QР
M
бунда
V
Q -ayriboshlanadigan tovarlar miqdori
R -tovarlar narxi
M-muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori
V -pulning aylanish tezligi
Dostları ilə paylaş: