388
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati qisqa davrda iqtisodiyotning ―qizib
ketish‖ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat
xarajatlarini taqozo etib
iqtisodiy o‘sish va talab inflyatsiyasi sur‘atini pasaytirishga imkon beradi.
Davlat fiskal siyosati
– bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari
tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta‘sir qilishni anglatadi.
“Fiskal”
lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma‘noni bildiradi.
Bu o‘z navbatida ―xazina siyosati‖ degan tushunchani ham yuzaga keltiradi.
Xazina siyosatiga o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta
e‘tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani
to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan.
Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish dastagi
sifatida foydalanish
haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir.
76
D.Keyns davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalarni rag‘batlan-
tirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Fiskal siyosat (1) xukumat xarajatlarini kamaytirish, yoxud (2) soliqlarni
ko‘paytirish, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishiga yo‘naltiriladi.
XX asrning 20-yillarda davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining
kontseptsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishilari: davlatning iqtisodiyotga
aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini
tartiblashda bozor
mexanizmidan samarali foydalanishga qaratiladi.
XX asrning 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat keyns va neokeyns-
chilik maktablarining iqtisodiy kontseptsiyalariga tayangan.
Bunda quyidagilarga ustuvorlik berilgan;
-
Ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolari talab nuqtai
nazaridan qarab chiqish zarur;
-
Ishlab chiqarish yuqori darajada umumlashgan
sharoitda davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali
to‘ldirib borilishi zarur;
76
Кэйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.449
389
-
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy beqarorlik talabning yetishmasligi
natijasida yuzaga kelishi sababli iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta‘minlash
muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns
―samarali talab‖ tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste‘mol va ishlab
chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida mujassamlashtiradi;
-
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi
muhim dastagi bu byudjet
siyosatidir. Davlat byudjeti va moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi bandlikni
ta‘minlashdan iboratdir
77
.
Keynsning fikricha, davlat xarajatlarining shakllanishi, tuzilishi va o‘sishi
―samarali talab‖ga erishishdagi muhim omildir.
Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan
maqsadidan kelib chiqib, uning iqisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash
siyosatlari ajratiladi.
Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqilgandi,
fiskal siyosat bandlik
darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga qaratiladi. Bunda
rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq
stavkalarining pasayishi hisoblanadi
Davlatning byudjet barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati
iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida byudjet taqchilligini bartaraf etish
maqsadlariga qaratilishi zarur.
Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YaMM hajmining
potentsial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib,
bu ayni
vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyatsiya va ishlab chiqa-
rishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi.
Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy
mauvozanatlikni ta‘minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy
vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu
77
Кэйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.142
390
barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga
solishning moliyaviy
mexanizmini tashkil qiladi.
Iqtisodiy fan va xo‘jalik yuritish amaliyotida fiskal siyosatning ikkita turi
ajratiladi:
1.
Diskretsion fiskal siyosat – bu bevosita davlat tomonidan amalga
oshiriladi.
2.
Nodiskretsion fiskal siyosat bu avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi
siyosat.
Dostları ilə paylaş: