387
soddalashtirish yo‘lini davom etish, soliq ma‘muriyatchiligini
takomillashtirish va
rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish‖
75
imkonini ham beradi.
Bunda tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar,
mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan
soliq undirishning
progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan
ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun erosti boyliklari, suv
va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish
soliq siyosatining
navbatdagi yo‘nalishidir.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida
aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy
byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e‘tibor qaratiladi.
Davlat byudjeti mutanosibligini
kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini
takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning
moliya intizomini mustah-
kamlash, to‘lov majburiyatlarini bir me‘yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini
tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: