Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


V. Qamrov doirasi bo‘yicha bir mamlakat miqyosidagi va jahon xo‘jaligi  doirasidagi inflyatsiya farq qiladi.  VI



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

V.
Qamrov doirasi bo‘yicha bir mamlakat miqyosidagi va jahon xo‘jaligi 
doirasidagi inflyatsiya farq qiladi. 
VI.
Asosiy ko‘pchilik tovarlarga narxlarning o‘sish sur‘atidagi farqlarga 
ko‘ra muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan inflyatsiya ajratiladi. 
Muvozanatlashgan inflyatsiyada narxlar bir vaqtda ko‘pchilik tovarlarga bir 
me‘yorda o‘sadi, muvozanatlashmagan inflyatsiyada har xil tovarlar guruhiga 
narxlar turlicha o‘sadi. 
Pigu effekti.
Ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877-1959y) me‘yorida amal 
qiladigan bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiyaning kutilishi aholi tomonidan 
narxlarning o‘sishiga qisqa vaqtda ro‘y beradigan holat deb qaralishiga va oqibatda 
narxlar pasayguncha ularning pul sarflarining kamayishiga sabab bo‘lishni
ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida talabni kamaytiradi va oxiri oqibatda narxlar pasayishi 
kuzatiladi. 
 
7.
 
Inflyatsiyaning oqibatlari. Davlatning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari 
Inflyatsiya oqibatlari murakkab, va ziddiyatlidir. Me‘yoridagi inflyatsiya iqti-
sodiyot uchun foydali ekanligi, pul massasining o‘sishi iqtisodiy faollikni rag‘batlan-
tirishi, iqtisodiy o‘sishga turtki berishi va investitsiya jarayonini jadallashtirishini o‘z 
vaqtida Keyns isbotlagan va dunyo mamlakatlari tajribasi buni tasdiqladi. Inflyatsiya 
chuqurlashib borishi ishlab chiqarish jarayoni uchun jiddiy to‘siqqa aylanadi, 
jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keskinlashtiradi. 
Bu inflyatsiyaning bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarida o‘z ifodasini 
topadi. Ularning asosiylari quyidagilar: 

Aholining o‘rtacha turmush darajasi pasayadi. 


368 
Qayd qilingan (doimiy) daromad oluvchilar real daromadi kamayadi, pul 
jamg‘armalari qadrsizlanadi va pulga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar real 
qiymati pasayadi. 

Iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosiblik kuchayadi, 
xo‘jalik aloqalari buziladi. 

Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari 
ishlab chiqaruvchi korxonalar iqtisodiy ahvoli og‘irlashadi. 

Investitsiyalar foizining real stavkasi va foizli daromadlari kamayadi. 

Bo‘sh pul mablag‘larining ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga 
oqimi kuchayadi. 

Byudjet daromadlari qadrsizlanadi va byudjet taqchilligi kuchayadi. 

Davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori o‘sib boradi. 

Milliy pul o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtaydi, barter ayriboshlash o‘z 
o‘rniga ega bo‘ladi. 

Aholining ijtimoiy tabaqalashuvi, ijtimoiy-siyosiy tartibsizlik kuchayadi.
 
Inflyatsiya sharoitida ham uning oqibatlaridan aholining ayrim qatlamlari va 
iqtisodiy munosabatlarining ayrim ishtirokchilari naf ko‘rishi ham mumkin. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin