365
Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alohida
inflyatsion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish
nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi, balki pul massasining tegishli
tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi.
4.
Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi;
Hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘proq erkin raqobat
sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi. Buning
natijasida tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishining cheklanishi uzoq
vaqt yalpi talab va taklif mos kelmasligiga sabab bo‘ladi.
5.
Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati;
6.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi;
7.
Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi;
8.
Iqtisodiyotning «ochiqligi» darajasi o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotning
jahon xo‘jalik aloqalariga ko‘proq tortilishi orqali ―import qilinadigan‖ inflyatsiya
xavfini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: