369
flyatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarda topadi.
Mazkur chora-tadbirlar
uzoq muddatli, qisqa davrli yoki majburiy tartibdagi tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
Davlatning inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan uzoq muddatli chora-
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
I. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar.
foydaga imtiyozli soliqlar belgilash;
ishlab chiqarish maqsadlariga imtiyozli kreditlar ajratish;
yangi ish boshlagan korxonalarga subsidiyalar berish;
tashqi savdo (eksport-import)ga imtiyozlar kiritish;
samarali antimonopol tadbirlarni amalga oshirish
II. Byudjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar.
byudjet daromadlarini (soliq bazasini kengaytirish orqali) ko‘paytirish;
byudjet xarajatlarini kamaytirib borish.
investitsion jarayonlarga davlatning
aralashuvini nisbatan cheklash,
asoslanmagan subsidiya ham dotatsiyalarni kamaytirish va h.k.
fan texnika taraqqiyotini, iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarni
qo‘llab-quvvatlash.
III. Pul massasini tartibga solishga qaratilgan tadbirlar.
pul daromadlarining o‘sishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish;
pul emissiyasini cheklash;
davlat kreditlarini qat‘iy chegaralash;
banklararo kredit resurslarining auktsionlarini kengaytirish;
davlatning oltin va valyuta zahiralarini ko‘paytirish;
korxonalarni xususiylashtirish jarayonini kengaytirish va shu kabilar.
IV. Tashqi omillarning ta‘sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar.
Bu tad-
birlar chet el kapitallari, qisqa muddatli kreditlari va
qarzlariga inflyatsiyaning
ta‘sirini kamaytirishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: