Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki ho-



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki ho-
latiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
70
Iqtisodiy tsikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi in-
qiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi 
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat 
sifatida davom etadi.
Iqtisodiy tsikl alohida fazalar o‘rin almashishi orqali amalga oshadi. 
Iqtisodiy sikl 
inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish
fazalarini ichiga oladi. 
Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun 
sharoit yuzaga keladi. 
Iqtisodiy siklning 
inqiroz
fazasi ishlab chiqarish hajmi va boshqa iqtisodiy 
faollik ko‘rsatkichlarining pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin 
turg’unlik fazasi
boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom 
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta‘minlansada, u inqiroz 
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi 
to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. 
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi 
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga 
etadi. 
Jonlanish fazasida
ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish da-
rajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi 
o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotda bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining 
tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga 
imkoniyat yaratadi. Yangi tsikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida
ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi 
ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, 
buning oqibatida iste‘mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi.
70
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 157 


342 
Alohida iqtisodiy tsikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha 
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin