343
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq
ravishda aholi
migrattsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vu-
judga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
72
Asosiy kapitalning eskirib, xizmat muddati tugashi
va uning yangilanishi
ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tsiklni keltirib chiqaruvchi muhim
ichki omillardan biri sifatida qaraladi.
Shuningdek, siklni keltirib chiqaruvchi boshqa
ichki omillar sifatida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
- shaxsiy iste‘molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya‘ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi
ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va taklif hajmiga ta‘sir ko‘rsatishga
qaratilgan
davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya
orqali tushuntirish ko‘pam to‘g‘ri bo‘lmaydi. Iqtisodiy
sikl va umuman iqtisodiy
tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillarning birgalikdagi
ta‘siri oqibatida kelib chiqishi mumkin.
2.
Dostları ilə paylaş: