337
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta‘minlash
odamlar turmush
darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish, resurslar va
ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot
tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
―Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilish
hisobiga
uning
raqobatbardoshligini oshirish milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini
ta‘minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi,
kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish‖
68
ni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni
qisqartirish, iqtisodiyotining xom-ashyo etishtirishga qaratilgan bir tomonlama
yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar
ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish
asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta‘minlash vazifalarini
hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar
birinchi navbatda eng muhim
o‘zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sa-
noatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining
boshqa sohalarini rivojlantirishga qaratiladi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishidagi o‘zgarishlarda iste‘mol
bilan jamg‘arish o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni ta‘minlash asosiy o‘rin tutadi.
Iste‘mol fondining eng maqbul darajasiga erishishda
- ichki bozorda talab bilan
taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta‘minlashchda muhim rol o‘ynaydi.
68
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари
бўйича Ҳаракатлар стратегияси.www.lex.uz
338
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish
infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi
singari tarmoqlarini ustuvor rivojlantirishga ham alohida e‘tibor beriladi.
Hozirgi bosqichda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish boy
tabiiy zahiralar,
mineral xomashyo, mehnat resurslari, intellektual hamda
ilmiy-texnikaviy salohiyatdan to‘liq va samarali foydalanishga, mahalliy
xomashyolar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni
joriy etgan
holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan
mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilishi zarur.
Bunda eng avvalo: ―...sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash
tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy homashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha
jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish
orqali
yanada modernizatsiya diversifikatsiya qilish‖ga qaratiladi.
69
Yangi bosqichda xizmat ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirishga alohida
e‘tibor beriladi. Chunki, bu soha yangi ish joylarini yaratishning muhim omili
bo‘lishi bilan birga, aholi turmush darajasining o‘sishi
ham uning rivojlanish
darajasiga bog‘liq.
Umumiy holda tarkibiy o‘zgarishlar ustuvorlik beriladigan yo‘nalishlariga
qarab quyidagi turlarga ajratiladi;
iste‘molga yo‘naltirilgan. Bunda tarkibiy o‘zgarish-larning maqsadi
aholining turmush darajasiga bevosita daxldor bo‘lgan tarmoq va sohalarni
ustuvor rivojlantirishga qaratiladi.
eksportga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar. Bunda qayta ishlovchi
sanoat tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish asosida ishlab chiqarish hajmini eksport
hisobiga kengaytirish ko‘zda tutiladi.
69
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари
бўйича Ҳаракатлар стратегияси.www.lex.uz