4. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o’zgartirish vazifalari Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga mos tartiblar asosida isloh qilish uning
rivojida nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini
muqarrar qilib qo‘yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish
yo‘lidagi qonuniy bosqichdir.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida
barqarorlashtirish
siyosatidan
ko‘zda
tutilgan
maqsad
eng
avvalo,
makroiqtisodiyotda muvozanatlikni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada
pasayishini oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda ishlab chiqarish
sohalarida tarkiban qayta qurishga ustunlik berilgan. Bunda asosiy e‘tibor katta
istiqbolga ega bo‘lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab
beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.
Jumladan, Respublikamizda iqtisodiyotning ikki yetakchi tarmog‘i sanoat
va qishloq xo‘jaligini tarkibiy isloh qilish natijasida sanoatda 1996 yildayoq
qishloq xo‘jaligida 1997 yilda ishlab chiqishning orqaga ketishi to‘xtatildi.
Respublikamizda amalga oshirilgan tarkibiy islohotlar natijasida izchil
yuqori o‘sish sur‘atlari bilan birga YaIMning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ulushining kamayish tendentsiyasiga erishiladi. Jumladan, 2000yilda
bu ko‘rsatkich 30,1foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda faqatgina 16,8 atrofida
bo‘lgan.
Respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta qurishlar hududlarining tarkibiy
tuzilishini takomillashtirishga ham qaratiladi.
336
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd qilib o‘tganlaridek, ―Agar
hududlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarini solishtirsak, ular