VA INFLYATSIYA REJA 1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklliligi. 2. Tsikl to’g’risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari. 3. Inqirozlarning mazmuni va turlari. 4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va iqtisodiy faollikka ta’siri. 5. Ishsizlik va uning turlari. 6. Inflyatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari. 7. Inflyatsiyaning oqibatlari. Davlatning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari. 8. O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning barqarorligini ta’minlash vazifalari. 1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklliligi Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘liq
bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq
muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik
davrlari ta‘sirida tebranib turadi. Vaqt-vaqti bilan milliy ishlab chiqarish va uning
ayrim bo‘g‘inlarida uzilishlar va iqtisodiyot nomutanosibliklar ro‘y beradi.
Buning ta‘sirida milliy xo‘jalikda iqtisodiy o‘sish – YaIM, milliy daromad,
bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
Iqtisodiy tebranishlar – bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning
o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi
tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy tsikllar vujudga keladi. Bu holat iq-
tisodiy adabiyotlarda
iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
341
Iqtisodiy tsikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan